“Metall-Ekspo 2024”

“Metall-Ekspo” ixtisoslashtirilgan sanoat ko‘rgazmasi metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va treydrlari o‘rtasidagi muzokaralar maydoniga aylandi. Unda dunyoning 35 dan ortiq mamlakatidan 550 dan ortiq ishtirokchi: Rossiyaning barcha yetakchi metallurgiya korxonalari va xoldinglari, asbob-uskunalar, muhandislik yechimlari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari, shuningdek, eng yirik metall treydrlar qatnashdi.
Sanoat ko‘rgazmasi va kongress forumi davomida mutaxassislarimiz konferensiya va seminarlarda ishtirok etishdi, sohadagi hamkasblari bilan tajriba almashishdi, metallurgiyadagi so‘nggi tendensiyalarni o‘rganishdi, yangi bilim va g‘oyalar bilan boyitishdi, muzokaralar maydonchalarida amaldagi hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamladilar va yangi istiqbolli shartnomalarni ko’rib chiqishdi, shuningdek, o’zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Biz “Metall-Ekspo 2024” dan ba’zi yorqin kadrlarni siz bilan bo’lishmoqchimiz

TMZ sifat sohasida milliy mukofot – “Yilning eng yaxshi mahsuloti” g’olibligini qo’lga kiritdi.

G’alaba bilan tabriklaymiz!
Poytaxtimizda Jahon standartlashtirish kuni munosabati bilan “Barqaror taraqqiyot uchun standartlashtirish: Xalqaro muloqot va innovatsion yechimlar” mavzusi ostida respublikamizda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va raqobatbardoshligini oshirish, standart talablariga rioya etgan holda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor va mutaxassislarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Xodimlar soni 250 dan 1500 gacha bo’lgan 6 ta talabgor korxonalar orasida TMZ sifat sohasida milliy mukofot – “Yilning eng yaxshi mahsuloti” g’olibligini qo’lga kiritdi. Korxonamiz xaridorlar orasida milliy brend sifatidagi yuksak obro‘-e’tibori, eksport salohiyati, mahalliylashtirish ko‘rsatkichi, menejment tizimini joriy etgani, mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro standartlardan foydalanishi, tashkilotda texnik nazorat bo‘limi mavjudligi uchun taqdirlandi.
Bu muhim yutuq, butun jamoaning uyg’unlashgan mehnati natijasi, biz eng yuqori sifat standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishimiz mumkinligini isbotladik. Lekin bu faqat boshlanishi. Biz erishgan muvaffaqiyat bu yerda to’xtash uchun sabab emas, balki keyingi o’sish uchun rag’batdir. Biz o’z oldimizga qo’ygan maqsadlar qanchalik yuqori bo’lsa, biz uchun shunchalik ko’p imkoniyatlar ochiladi.
Yangi g’alabalar sari olg’a!

KazBuild 2024

TMZ xodimlari 3-5 sentyabr kunlari Qozog’istonning Olmota shahrida bo’lib o’tgan KazBuild 2024 ko’rgazmasida ishtirok etishdi. Ko’rgazma davomida mijozlar bilan uchrashib, tajriba almashishdi va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. KazBuild – bu mintaqadagi eng yirik qurilish ko’rgazmalaridan biri bo’lib, unda eng so’nggi texnologiyalar va qurilish sohasidagi materiallar namoyish etiladi. Ushbu ko’rgazmada ishtirok etish bizning hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash va biznes imkoniyatlarimizni kengaytirishga xizmat qiladi.

Bir maqsadda bajarilgan ish insonlarni o’zaro birlashtiradi!

TMZ jamoasi O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligini nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, mamlakat ko’chalari va tumanlarini obodonlashtirish maqsadida “Obod mahalla – obod yurt” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida ishtirok etdi.
Xashar – bu odamlarni birlashtirib, ularda mehr-oqibat, ko’ngilchanlik, o‘zaro yordam, qiyinchilikda hamjihatlik kabi fazilatlarni mustahkamlovchi, ularni birgalikda yengib o‘tish kabi ezgu an’analardan biridir.
Ahil mehnatdan so‘ng o‘zgargan zavod hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini hamma olib bordi, chunki har kim o‘z hissasini qo‘shdi.
Shunchaki ajoyib kun! Toza havo, ajoyib iqlim va quvnoq kayfiyat barchaga foyda keltirdi, chunki norasmiy muhitda muloqot jamoani birlashtiradi va uni yanada mustahkamlaydi.
Barcha ishtirokchilarga o’z minnatdorchiligimizni va eng yaxshi tilaklarimizni izhor qilamiz!

TMZda qo‘shimcha temir yo‘l tarmog’i ishga tushirildi.

“O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni” bayrami arafasida TMZda qo‘shimcha 40 ta vagonni joylashtirish imkonini beruvchi qo‘shimcha temir yo‘l tarmog’i (uzunligi 650 m) ishga tushirildi. TMZ temir yo’llarining umumiy uzunligi 4 km dan ortiq bo’lib, u bir vaqtning o’zida 120 ta vagonni sig’dira oladi. Bu Korxonaga temir yo‘llarni ijaraga olish uchun mablag‘larni (700,0 mln.so‘mdan ortiq) sezilarli darajada tejash, yuk tashish vaqtini qisqartirish, vagonlar aylanmasini oshirish va zavod hududida vagonlarning to‘xtab qolishi vaqtini qisqartirish imkonini beradi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar temir yo‘l xo’jaligi bo’limi xodimlariga iyul oyida rekord muddatda issiq holda yoyilgan rulonlar yuklangan vagonlarni tezkorlik bilan qabul qilish, ularga ishlov berish va tushirishdan so‘ng jo‘natish imkonini berdi.
“Sergeli temir yo‘l qurilish servis” MChJ xodimlariga o‘z vaqtida va sifatli bajarilgan ishlar uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Fursatdan foydalanib, barcha temiryo‘lchilarni kasb bayramlari bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Biz ushbu soha vakillariga chuqur hurmat-ehtiromimizni bildirib, ularga mustahkam sog‘lik va farovonlik, ravon yo‘llar va yuqori tezlik tilaymiz. Barcha tashabbuslaringiz uchun svetoforning yashil chirog’i yonib tursin, mashaqqatli mehnatingiz nafaqat g’alaba va quvonch olib kelsin!

TMZga XXRdan mehmonlar tashrif buyurishdi

Sanoat turizmi doirasida TMZga XXRdan mehmonlar tashrif buyurishdi. Xitoylik mehmonlar uchun bosh texnolog o‘rinbosari Sh. Fazilov korxona bo‘ylab qiziqarli ekskursiya o‘tkazdi va Sifat bo’yicha direktor T. Dolgopolova akkreditatsiyadan o‘tgan zavod laboratoriyasining imkoniyatlari haqida so’zlab berdi. TMZ mehmonlarimizda unutilmas taassurot qoldirdi.

TMZ ning 2024-yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlari

Asosiy maqsad – oldinga intilish va ishlab chiqarish jarayonlarini mukammallashtirish
Bugun TMZ ning 2024-yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlari muhokamasi boʻlib oʻtdi va u erda Korxona rivojlanishi yo’lida amalga oshirilgan ishlarga ijobiy baho berildi, misol uchun:
• Mahsulot ishlab chiqarish 2023-yilning birinchi yarmiga nisbatan 10 foizga oshgan bo’lsa;
• Mahsulot sotish hajmi 13,8 foizga oshdi;
• Eksport hajmi esa 132 foizga oshdi.
To‘liq quvvatga chiqish va sof foydaga erishish – shu yilning asosiy maqsadidir.
Yig’ilishda TMZni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari ham e’lon qilindi:
– tejamkor ishlab chiqarishni joriy etish orqali ishlab chiqarishni optimallashtirish;
– ishlab chiqarishda yangi yechim va qarorlarni qabul qilish;
– kadrlar siyosatining dinamikasi.
Korxona ichida, bo’linmalar o’rtasida kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish va shu bilan samaradorlikni oshirish, qurilmalarning rejasiz to’xtab qolishini va brak mahsulotlarni ishlab chiqarishni kamaytirish orqali ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, xodimlar, shu jumladan joydagi rahbarlar uchun yangi turdagi mukofotlash va mukofotdan mahrum qilishninig yangi normativlarini va shartlarini amalda qo‘llash, tejamkor ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi yechimlar – bularning barchasi 2024-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun ustuvor vazifa qilib belgilandi.

“TMZ shaxmat qiroli 2024”

Shaxmat – bu, o’zida intellektual va mukammal strategiyalarni mujassam qilgan, o’zingiz va raqibingizning harakatlarini tahlil qilishga o’rgatadigan ajoyib o’yin bo’lib, bu erda g’alaba oxiridan bitta oldin xatoga yo’l qo’ygan kishiga beriladi!
Xalqaro shaxmat kuni arafasida, korxonamizda “TMZ shaxmat qiroli 2024” turniri bo‘lib o‘tdi. 7 kun davom etgan turnirda, ishtirokchilar keskin va jiddiy kurash olib borishdi, birma-bir eng yaxshi o’yinchilar saralab borildi. Turnir nafaqat o‘z mahoratini namoyish etish va o‘yin mahoratini oshirish imkonini berdi, balki TMZ xodimlarining shaxmatga bo‘lgan mehrini oshirdi va qiziqishini yanada kuchaytirdi.
Turnir yakunida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi, unda xalqaro grossmeyster (GM) – Shamsiddin Vohidov va O‘zbekiston Respublikasi shaxmat federatsiyasi prezidentining birinchi o‘rinbosari – Husan Xudayqulovich Turdialievlar ishtirok etishdi.
“TMZ shaxmat qiroli 2024” turniri g‘oliblariga medal, pul mukofoti va esdalik sovg‘alar topshirildi. So’ngra esda qolarli voqea bo’ldi, Shamsiddin Vohidov “masterklass” ko’rsatib bir vaqtning o’zida bir nechta korxonamiz xodimlari bilan tezkor shaxmat o’yinini o’tkazdi. TMZ ishchilari munosib o’yin ko’rsata olishdi.
Tadbir ko’tarinki kayfiyatda, yuqori saviyada o’tkazildi, barcha ishtirokchilar xursand bo’lishdi va ijobiy taasurotlar bilan “zaryad” olishdi.
TMZ jamoasi turnir g‘olibi bo’lgan – ishlab chiqarish hisobchisi Ismat Rahmonov, hamda ikkinchi o‘rinni egallagan – GPM uchastkasi ustasi To‘ychiev Xabibulloni chin yurakdan tabriklaydi.
TMZ O‘zbekiston Respublikasi shaxmat federatsiyasiga turnirni o‘tkazishdagi faol ishtiroki va yaqin hamkorligi uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi.