Ishlab chiqarish quvvatlarini joriy etish 4 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich
Turtkich tipdagi kimyoviy ishlov berish agregati (ATTT): Kimyoviy ishlov berish agregatining asosiy maqsadi zang va har xil sirt ifloslantiruvchi moddalarni issiq holda yoyilgan metal yuzasidan tozalashdir. Agregatning loyihaviy quvvati yiliga 500 ming tonna kimyoviy ishlov berilgan prokat ishlab chiqarish bo'lib, quvvatni yiliga 750 ming tonnagacha rivojlantirish uchun loyiha salohiyati mavjud. Issiq holda yoyilgan prokatni kimyoviy ishlov berish “Turboflo” texnologiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, bu kimyoviy ishlov berish eritmasining yuqori turbulentligini ta’minlaydi va jarayon samaradorligini oshiradi. Maksimal tezlik daqiqasiga 150 m. Belgilangan issiq holda yoyilgan list (tasma)ning kengligi 800 dan 1300 mm gacha, qalinligi 1,8 dan 5,0 mm gacha.
2-bosqich
Sovuq holda prokatlash reversiv stani (RSXP). Sovuq holda yoyilgan prokat ishlab chiqarish, ya'ni kimyoviy ishlov berilgan issiq holda yoyilgan prokatning qalinligini kamaytirish «DANIELI» (Italiya) kompaniyasining yiliga 500 ming tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan ikki kletli sovuq holda prokatlash reversiv stanida amalga oshiriladi. Stan quvvatini yiliga 750 ming tonnagacha oshirish uchun loyiha salohiyati mavjud. Prokat jarayonida quyidagilar avtomatik tarzda nazorat qilinadi: uchta rentgen datchiklari (qalinlik o'lchagich) yordamida list qalinligi; ikkita profilometr roliklari yordamida list profili (tekislik). Sovuq holda yoyilgan prokat mahsulotlari – metallprokat mahsulotlarining eng xaridorgir turlaridan biridir.
3-bosqich
Uzluksiz issiq holda rux qoplovchi agregat poʼlat listga uzluksiz ravishda issiqlik bilan ishlov berib, uning ikki sathiga (yuzasiga) metallni korroziyadan ishonchli himoya qiluvchi rux eritmasini qoplashga mo’ljallangan. Sovuq holda yoyilgan listni uzluksiz botirish usuli bilan bajariladigan issiq holda ruh qoplash jarayonini amalga oshiradigan “Danieli” (Italiya) firmasining uskunasi yillik unumdorligi – 500 ming tonna. Ruxlash agregati uchun xom-ashyo bo'lgan sovuq holda yoyilgan list qalinligi 0,29 dan 1,2 mm gacha, kengligi 800 dan 1250 mm gacha, ishlov berish tezligi daqiqasiga 210 m, rulonning og'irligi 10 dan 30 tonnagacha.
4-bosqich
Polimer qoplovchi agregat. Ruxlangan metallprokat kimyoviy tozalanadi, shundan so'ng metallga ko'p qatlamli polimer qoplama surtish amalga oshiriladi. Qoplama nafaqat korroziya, namlik va quyoshdan himoyalovchi qatlam, balki dekorativ qatlam ham boʼlib, turli xil variantlardagi rang va teksturalar bilan bezatilgan. Uskunani ishlab chiqaruvchi Italiyaning «Danieli» kompaniyasi. Ushbu agregat imkon qadar avtomatlashtirilgan bo'lib, ishlab chiqarish jarayonida inson xatosini minimallashtiradi. Liniya quvvati yiliga 300 ming tonna polimer qoplamali prokatni tashkil etadi. Agregatning maksimal tezligi 160 m/min, prokatning kengligi (ruxlangan list) 800 dan 1250 gacha, list qalinligi 0,3 dan 0,7 mm gacha. Ruloning og'irligi 2,5 tonnadan 15 tonnagacha.