
16 ноябр 2024
TMZ sifat sohasidagi milliy mukofot — «Yilning eng yaxshi mahsuloti» g‘olibi bo‘ldi

G‘alaba bilan tabriklaymiz!Butunjahon standartlashtirish kuni munosabati bilan Toshkentda «Barqaror taraqqiyot uchun standartlashtirish: xalqaro muloqot va innovatsion yechimlar» xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda mahsulot (ish, xizmat) sifati va raqobatbardoshligini oshirishga, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga hissa qo‘shgan tadbirkorlar va mutaxassislarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Xodimlar soni 250 dan 1500 gacha bo‘lgan 6 ta nomzod korxona orasida TMZ sifat sohasidagi milliy mukofot — «Yilning eng yaxshi mahsuloti» g‘olibi bo‘ldi. Korxonamiz iste’molchilar orasidagi yuqori obro‘si, eksport salohiyati, lokalizatsiya ko‘rsatkichi, boshqaruv tizimlarini joriy etgani va mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro standartlardan foydalangani uchun taqdirlandi.Bu muhim yutuq — butun jamoaning uyg‘un mehnati natijasi. Biz eng yuqori sifat standartlariga mos mahsulot ishlab chiqara olishimizni isbotladik. Ammo bu faqat boshlanishi.Yangi g‘alabalar sari oldinga!
← Barcha yangiliklar



