
23 сентябр 2025
TMZ mutaxassislari Silkroad Innovation Hub hammuassisi Asror Arabjanov bilan uchrashuv o‘tkazdi

Silkroad Innovation Hub — 2023-yilda Markaziy Yevroosiyo mamlakatlaridagi startaplarni San-Fransiskodagi Kremniy vodiysida qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tashkilot. U mintaqadagi IT-mutaxassislar, tadbirkorlar va innovatorlar uchun netvorking, bilim almashish va sheriklikni rivojlantirishning muhim platformasi hisoblanadi.TMZ mutaxassislari Silkroad Innovation Hub hammuassisi Asror Arabjanov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida Asror startap madaniyati dunyoda qanday rivojlanayotgani, Markaziy Osiyo startaplari va AQSh bozori o‘rtasidagi tafovut qanday bartaraf etilayotgani, shuningdek O‘zbekiston yoshlari o‘z texnologik orzularini voqelikka aylantirish imkoniga qanday ega bo‘layotgani haqida so‘zlab berdi.Biz Asror Arabjanovga samimiy va mazmunli suhbat hamda mintaqada innovatsiyalar ekotizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Silkroad Innovation Hub bilan hamkorlik iqtidorli tadbirkorlarni ilgari surish va Markaziy Yevroosiyo bilan jahon texnologiya bozori o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishiga ishonamiz.
← Barcha yangiliklar



