3D-konfigurator Karyera Yangiliklar Kontaktlar
Kontaktlar +998 71 209-88-11
+998 55 503-88-11
office@tashkentsteel.uz Республика Узбекистан, г. Ташкент, Янгихаетский район, ул. ТКАД, 1 Пн–Пт: 9:00–18:00 Biz bilan bog‘laning
TMZ mutaxassislari Chansha shahrida (XXR) bo‘lib o‘tgan ruxlash bo‘yicha xalqaro simpozium va ko‘rgazmada ishtirok etdi
16 сентябр 2025

Sentyabr oyida TMZ mutaxassislari Chansha shahrida (XXR) bo‘lib o‘tgan ruxlash bo‘yicha xalqaro simpozium va ko‘rgazmada ishtirok etdi. Bu issiq ruxlash bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli tadbirlardan biri bo‘lib, xalqaro uskuna va xizmat yetkazib beruvchilar ko‘rgazmasi hamda uzluksiz va davriy issiq ruxlash (HDG) liniyalariga tashrif bilan to‘ldirildi.Uchrashuv davomida soha uyushmalari vakillari bilan ilg‘or texnologiyalar, bozor tendensiyalari, rivojlanish strategiyalari va innovatsiyalar yuzasidan fikr almashildi. Muhokamalar kompaniyaning kelgusi rivoji uchun samarali va foydali bo‘ldi.Tajriba almashish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida TMZ xodimlari Urumchi shahridagi (XXR) — TMZ uchun issiq prokat asosiy yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lgan «XINJIANG BAYI STEEL» kompaniyasiga ham tashrif buyurdi.
← Barcha yangiliklar
Assalomu alaykum! Men TMZ virtual yordamchisiman. Mahsulot, xizmatlar yoki kompaniya haqida soʻrang.