
18 декабр 2024
«Ochiq eshiklar kuni»

2024-yil 17-dekabr kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidan kelgan mijozlar va mahsulotni qayta ishlovchilar uchun «Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish strategiyasini qurish, shuningdek TMZ mahsulotining mavjud va potensial iste’molchilari bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish edi.Ishtirokchilar uchun qiziqarli sanoat ekskursiyasi tashkil etildi. Mehmonlar asosiy ishlab chiqarish jarayonlari, innovatsion texnologiyalar va korxonada qo‘llaniladigan sifat nazorati tizimi bilan tanishdi. Taqdimotlar va list prokat sexiga tashrif TMZ mahsuloti haqida ko‘proq bilish, O‘zbekistondagi zamonaviy korxonalardan birining metallurgiya ishlab chiqarishi ko‘lamini ko‘rish va baholash imkonini berdi.Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari yorqin taassurot oldi, TMZ dagi avtomatlashtirish darajasi va mehnat sharoitini yuqori baholadi. O‘sh viloyati biznes vakillari TMZ bilan keyingi hamkorlik va yangi sheriklik aloqalariga qiziqish bildirdi.
← Barcha yangiliklar



