
27 март 2025
20-Xalqaro «Ruxlangan va bo‘yalgan prokat: ishlab chiqarish va iste’mol tendensiyalari» konferensiyasi

Ruxlangan va bo‘yalgan prokat yuqori antikorroziya xususiyatlari va jozibador tashqi ko‘rinishi tufayli turli sohalarda — qurilish, avtomobilsozlik, maishiy texnika ishlab chiqarish, interyer dizayni va boshqalarda keng qo‘llanildi.Ayni paytda bu bozor uchun qanday tendensiyalar xos?Qoplamali po‘latlarning talab va taklifiga qanday omillar ta’sir qiladi?Bozor ishtirokchilari yana qaysi tomonga harakat qiladi?Mana shu asosiy savollar 2025-yil 20-mart kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan 20-Xalqaro «Ruxlangan va bo‘yalgan prokat: ishlab chiqarish va iste’mol tendensiyalari» konferensiyasida muhokama qilindi.Konferensiya ishtirokchilari qoplamali po‘lat ishlab chiqaruvchi kombinat va korxonalar, metall savdo kompaniyalari va xizmat-metall markazlari rahbar va mutaxassislari, uskuna yetkazib beruvchilar hamda iste’molchilar edi.Konferensiyada R. Gabitov boshchiligidagi tijorat departamenti mutaxassislarimiz ham ishtirok etdi. Konferensiya davomida 2025-yilga mo‘ljallangan munosabatlar strategiyasini muhokama qilish maqsadida mavjud va potensial hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazildi.
← Barcha yangiliklar



