TMZda O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan yorqin va unutilmas tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bayram munosabati bilan korxonaning eng faol xodimlari yuksak kasbiy mahorati, fidoyiligi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda korxona rahbariyatining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Professional bayram arafasida o‘tkazilgan «TMZ shaxmat qiroli» shaxmat turnirining final o‘yini bayramning haqiqiy intellektual bezagi bo‘ldi.
G‘oliblar pul sertifikatlari, esdalik sovg‘alari va hamkasblarining munosib olqishlari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Tadbir xush kayfiyatda, birdamlik, hamda o’z kasbidan va umumjamoa bo‘lib bajargan ishlaridan faxrlanish muhitida bo‘lib o‘tdi.
Fursatdan foydalanib, TMZ jamoasi nomidan shu sohaning barcha ishchi-xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaydi!
Fidokorona bajargan mehnatingiz doim e’zozda bo‘lsin, har bir kuningiz kelajakka ishonch, barqarorlik va yangi yutuqlar olib kelsin!