“Ochiq eshiklar kuni”

2024-yil 17-dekabr kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidan kelgan mahsulot xaridorlari va mahsulotga qayta ishlab yangi mahsulot chiqaradiganlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, TMZ mahsulotlarining amaldagi va potensial xaridorlari bilan aloqalarni o‘rnatishdan iborat.
Ishtirokchilar uchun qiziqarli sanoat ekskursiyasi tashkil etildi. Mehmonlar Korxonada qo‘llaniladigan asosiy ishlab chiqarish jarayonlari, innovatsion texnologiyalar va sifat nazorati tizimi bilan tanishtirildi. Ko’rsatilgan taqdimotlar va listni prokatlash tsexiga tashrif TMZ mahsulotlari haqida ko’proq ma’lumot olish, O’zbekistondagi zamonaviy korxonalardan birida metallurgiya ishlab chiqarishining ajoyib ko’lamini ko’rish va baholash imkonini berdi.
Uchrashuv davomida delegatsiya aʼzolari yorqin va unutilmas tuygʻularni boshdan kechirdilar va TMZda ish sharoitlarini avtomatlashtirish va mehnat sharoitlarini tashkil etish darajasini yuqori baholadilar. Qirg‘izistonning O‘sh viloyati biznes vakillari Korxona mutaxassislari bilan fikr almashib, TMZ bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini bildirishdi.

Yangiliklar

So‘nggi yangiliklar

Kompaniyamizdagi so‘nggi yangiliklar va yangilanishlardan xabardor bo‘ling. Biz muntazam ravishda yutuqlarimiz, yangi mahsulotlarimiz va muhim voqealar haqida ma’lumot e’lon qilib boramiz.