Joriy yilning 25-aprel sanasida, poytaxtda Toshkent metallurgiya zavodi hamkorlarining biznes-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Korxona ishlab chiqarish faoliyatining 5 yilligini nishonlash doirasida tashkil etilgan tadbirda – metallurgiya, metall mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish, texnologik asbob-uskunalar ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha yaqin va uzoq xorijdan kelgan 50 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi.
Biznes-uchrashuv ishtirokchilari metallurgiya zavodi bo‘ylab o‘tkazilgan ekskursiya davomida uning ishlab chiqarish quvvatlari, yuqori sifatli list metall prokatini ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyasi bilan tanishib, o‘zaro fikr va tajriba almashishdi.
Biznes-uchrashuvning muvaffaqiyatli o‘tkanligi va unda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan nufuzli metallurgiya korxonalari vakillarining ishtirok etganligi, biznes hamkorlar, mijozlar va investorlar tomonidan e’tirof etilgan Toshkent metallurgiya zavodi rivojlanishining barqarorligini tasdiqladi.