Toshkent metallurgiya zavodi qurilish tarixi

Loyihalash bosqichida zavodning strategik yo’nalishi – ilg’or muhandislik sohasida birinchi o’rinda turish, jahon ilm-fanining so’nggi yutuqlarini loyihaga o’tkazish belgilandi.

Fevral 2017 yil
1 (3)

Qurilish boshlanishi

2017-yil 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan kapsula qo‘yish yo‘li bilan qurilish boshlandi.

Aprel 2017 yil
1 (1) — копия

Prezident farmoni

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 7-apreldagi qarori bilan yiliga 500 ming tonna sovuq holda yoyilgan metall prokat ishlab chiqarish quvvatiga ega “Toshkent metallurgiya zavodini qurish” yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlandi.

Avgust 2018 yil
mirziyoyev-tashkent-metal-plan0818

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi

2018-yilning 29-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurilish maydonchasiga tashrif buyurdi. Qurilish ishlarining borishi bilan tanishib, zavodning mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun ahamiyati, shuningdek, korxona uchun mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Noyabr 2018 yil
tashmetzavod_danieli

Hamkorlik shartnomasini imzolash marosimi

2018-yilning 14-noyabr kuni Toshkent shahrida jahonning yetakchi asbob-uskunalari ta’minotchilaridan biri – Italiyaning Danieli & C. Official Meccaniche S.p.A. kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Italiya kompaniyasi Toshkent metallurgiya zavodiga 75 million yevrolik uskunalar yetkazib beradigan bo’ldi. Bu eng zamonaviy talablar va xalqaro sifat standartlariga javob beradi.

May 2019 yil
23131212

Korxonaning hamkorlik memorandumini imzolash

2019-yil 13-may kuni qurilish maydonchasida korxona va Moskva po‘lat va qotishmalar instituti (NITU “MISiS”) o‘rtasida kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatga muvofiq tomonlar qoʻshma ilmiy-tadqiqot dasturlari, fanni talab qiluvchi va resurslarni tejovchi texnologiyalarni yaratish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshiradilar, sanoatni rivojlantirish uchun innovatsion texnologiyalar va mutaxassislar bilan ilmiy-texnikaviy axborotlarni almashadilar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni amalga oshiradilar.  

Avgust 2019 yil
1241241243123

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirining o'rinbosari A.V. Gruzdevaning tashrifi.

2019-yil 28-avgust kuni Xalqaro investitsiya forumi doirasida qurilish maydonchasiga Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari A.V. Gruzdev tashrif buyurdi. “Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida Buyurtmachi va Bosh pudratchi tomonidan Rossiyalik ta’minotchilar/ishlab chiqaruvchilarning asbob-uskunalari, materiallarini xarid qilishga, ishlari va xizmatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Dekabr 2020 yil
photo_2020-12-04_15-22-22

TMZ ishga tushirilishiga start berildi

4 dekabr, 2020 yil Respublikamiz metallurgiya sanoati uchun muhim voqea bo‘ldi. Aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Toshkent metallurgiya zavodini ishlab chiqarishni boshlashga start berdi