AVTOMATLASHTIRISHNING 3TA DARAJALARI:

  • 1 va 2 darajalar - asosiy (Danieli Automation SPA) va yordamchi ishlab chiqarishning (energiya resurslari) agregatlar va texnologik jarayonlarini boshqarish;
  • 3 daraja - butun ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish, nazorat qilish, hisobga olish va uning barcha bosqichlarida tahlil qilish bo'yicha barcha funktsional vazifalarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlaydigan MES tizimini joriy etish;

BA’ZI BATAFSIL MA’LUMOTLAR:

Yangi ishlab chiqarishni yaratishda eng muhimi, minimal xarajatlar bilan kerakli sifatdagi tayyor mahsulotlarni olishni ta’minlaydigan texnologiya va uskunalarni tanlashdir. Ushbu ishning maqsadi korxonaning belgilangan rentabelligi nuqtai nazaridan asosiy momentlaridan biri bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishning optimal texnologiyasini aniqlashdir.

Toshkent Metallurgiya Zavodi raqamli asosda ishlaydigan hisoblash, telekommunikatsiya va tarmoq quvvatlarini taʼminlovchi axborot texnologiyalari va ular asosida qurilgan mahsulotlar majmuasiga ega zamonaviy korxonadir.

Raqamli model nima uchun foydali? Bu, birinchi navbatda, uskunaga yukni kamaytirish, barqaror ish jarayonini ta’minlash, agregatlarning aniq tezligini ta’minlash va hokazo. Danieli tomonidan joriy etilgan avtomatlashtirish tizimi yuzga yaqin texnologik parametrlarni real vaqt rejimida ishlatadi.

Bugungi kunga kelib, avtomatlashtirish tizimi ishga tushirildi va faol holatda.