TMZ da martaba
«Toshkent Metallurgiya Zavodi» MChJ — issiq usulda ruxlangan va polimer qoplamali sovuq prokatlangan prokat ishlab chiqaruvchi metallurgiya zavodi.
Bu zamonaviy xalqaro ekologik me’yor va qoidalarga rioya qilinadigan, atrof-muhitga ta’sirni tartibga solishning zarur usul va vositalari qo‘llaniladigan ishlab chiqarishdir.
Bitta umumiy maqsad — "O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda yuqori sifatli list prokat ishlab chiqarish va sotishda yetakchi bo‘lish" — atrofida birlashgan malakali mutaxassislar jamoasi.
Biz kompaniyaga foyda keltirishga va natijalarga erishishga tayyor, maqsadli, iqtidorli va mas’uliyatli nomzodlarni izlaymiz.
Toshkent metallurgiya zavodi har yili o‘tkaziladigan Employer Brand Award & Summit-2020 xalqaro mukofotining ikki nominatsiyasida ishtirokchi va g‘olib bo‘lgan.