Ishlatilgan metall bochkalarni sotish
«TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI» MChJ Sizga o‘z hurmatini bildiradi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonida TMZ ga 200 litrli metall bochkalarda yetkazib beriladigan bo‘yoq va moylar ishlatilishini ma’lum qiladi. Hozirgi vaqtda zavod omborida bo‘sh, ishlatilgan 200 litrli bochkalar mavjud.
Barcha xohlovchilar «TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI» MChJ ga Toshkent sh., Yangihayot tumani, TKAD ko‘chasi, 1 manzili bo‘yicha tashrif buyurib, korxona omborida ushbu mahsulot bilan tanishishlari mumkin.
Sotib olishga qiziqsangiz, «TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI» MChJ ga bozor narxlaridan kelib chiqqan holda taklif etilayotgan xarid narxini ko‘rsatgan tijorat takliflaringizni 2026-yil 4-oktabrdan kechiktirmay yuborishingizni so‘raymiz. Tijorat taklifi tashkilotning firma blankasida rasmiylashtirilgan, rahbar yoki boshqa mas’ul shaxs tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan va quyidagi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi kerak:
- davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi nusxasi;
- rahbarni tayinlash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi;
- rahbar yoki boshqa vakolatli shaxs pasporti nusxasi;
- agar tijorat taklifini birinchi rahbar imzolamasa, ishonchnoma nusxasi;
- ustav nusxasi;
- QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi nusxasi.
Tijorat takliflarini office@tashkentsteel.uz elektron pochtasiga yuborishingizni yoki «TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI» MChJ ga qo‘lda topshirishingizni so‘raymiz. Aloqa uchun shaxs — savdo bo‘yicha mutaxassis Umid Shamsiddinov, tel.: +998 91 355 53 55.
Kelib tushgan takliflarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra yakuniy sotish narxi belgilanadi.
Ushbu xabar shartnoma tuzish bo‘yicha ommaviy yoki boshqa oferta hisoblanmaydi. «TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI» MChJ tijorat takliflarini yuborgan tashkilotlar bilan kelgusida shartnomalar tuzish bo‘yicha hech qanday majburiyat olmaydi.