Korxona omboridan GOSTdan chetlanishlari bo‘lgan mahsulotlarni sotish
«TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI» MChJ Sizga o‘z hurmatini bildiradi va Korxona omborida GOSTdan chetlanishlari, mexanik shikastlanishlari bo‘lgan, korroziyaga uchragan quyidagi turdagi mahsulotlar mavjudligini ma’lum qiladi:
- O‘zMSt 535:2025 bo‘yicha o‘rta sifatli, umumiy maqsadli, rulondagi rux qoplamali po‘lat tasma
- O‘zMSt 535:2025 bo‘yicha pasaytirilgan sifatli, umumiy maqsadli, rulondagi rux qoplamali po‘lat tasma
- O‘zMSt 535:2025 bo‘yicha past sifatli, umumiy maqsadli, rulondagi rux qoplamali po‘lat tasma
- O‘zMSt 535:2025 bo‘yicha o‘rta sifatli, umumiy maqsadli, rulondagi polimer qoplamali ruxlangan tasma
- O‘zMSt 535:2025 bo‘yicha pasaytirilgan sifatli, umumiy maqsadli, rulondagi polimer qoplamali ruxlangan tasma
- O‘zMSt 535:2025 bo‘yicha past sifatli, umumiy maqsadli, rulondagi polimer qoplamali ruxlangan tasma
- O‘zMSt 535:2025 bo‘yicha o‘rta sifatli, umumiy maqsadli, rulondagi teksturali polimer qoplamali ruxlangan tasma
- O‘zMSt 535:2025 bo‘yicha pasaytirilgan sifatli, umumiy maqsadli, rulondagi teksturali polimer qoplamali ruxlangan tasma
- O‘zMSt 535:2025 bo‘yicha past sifatli, umumiy maqsadli, rulondagi teksturali polimer qoplamali ruxlangan tasma
Barcha xohlovchilar «TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI» MChJ ga Toshkent sh., Yangihayot tumani, TKAD ko‘chasi, «Toshkent» MFY manzili bo‘yicha tashrif buyurib, korxona omborida yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlar bilan tanishishlari mumkin.
Mahsulotni sotib olishga qiziqsangiz, «TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI» MChJ ga bozor narxlaridan kelib chiqqan holda taklif etilayotgan xarid narxini ko‘rsatgan holda tijorat takliflaringizni 2026-yil 28-avgustdan kechiktirmay yuborishingizni so‘raymiz. Tijorat taklifi tashkilotning firma blankasida rasmiylashtirilgan, tashkilot rahbari yoki boshqa mas’ul shaxs tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan va quyidagi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi kerak:
- davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi nusxasi;
- rahbarni tayinlash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi;
- rahbar yoki boshqa vakolatli shaxs pasporti nusxasi;
- agar tijorat taklifini birinchi rahbar imzolamasa, ishonchnoma nusxasi;
- ustav nusxasi;
- QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi nusxasi.
Tijorat takliflarini office@tashkentsteel.uz elektron pochtasiga yuborishingizni yoki «TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI» MChJ ga qo‘lda topshirishingizni so‘raymiz. Aloqa uchun shaxs — savdo bo‘yicha mutaxassis Umid Shamsiddinov, tel.: +998 91 355 53 55.
Kelib tushgan tijorat takliflarini tahlil qilish natijalariga ko‘ra yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarning yakuniy sotish narxi belgilanadi.
Ushbu xabar shartnoma tuzish bo‘yicha ommaviy yoki boshqa oferta hisoblanmaydi. «TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI» MChJ bu bilan tijorat takliflarini yuborgan tashkilotlar bilan kelgusida shartnomalar tuzish bo‘yicha hech qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi.