“O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni” bayrami arafasida TMZda qo‘shimcha 40 ta vagonni joylashtirish imkonini beruvchi qo‘shimcha temir yo‘l tarmog’i (uzunligi 650 m) ishga tushirildi. TMZ temir yo’llarining umumiy uzunligi 4 km dan ortiq bo’lib, u bir vaqtning o’zida 120 ta vagonni sig’dira oladi. Bu Korxonaga temir yo‘llarni ijaraga olish uchun mablag‘larni (700,0 mln.so‘mdan ortiq) sezilarli darajada tejash, yuk tashish vaqtini qisqartirish, vagonlar aylanmasini oshirish va zavod hududida vagonlarning to‘xtab qolishi vaqtini qisqartirish imkonini beradi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar temir yo‘l xo’jaligi bo’limi xodimlariga iyul oyida rekord muddatda issiq holda yoyilgan rulonlar yuklangan vagonlarni tezkorlik bilan qabul qilish, ularga ishlov berish va tushirishdan so‘ng jo‘natish imkonini berdi.
“Sergeli temir yo‘l qurilish servis” MChJ xodimlariga o‘z vaqtida va sifatli bajarilgan ishlar uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Fursatdan foydalanib, barcha temiryo‘lchilarni kasb bayramlari bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Biz ushbu soha vakillariga chuqur hurmat-ehtiromimizni bildirib, ularga mustahkam sog‘lik va farovonlik, ravon yo‘llar va yuqori tezlik tilaymiz. Barcha tashabbuslaringiz uchun svetoforning yashil chirog’i yonib tursin, mashaqqatli mehnatingiz nafaqat g’alaba va quvonch olib kelsin!