TMZda biz ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga yordam beruvchi novatorlik g‘oyalar va takliflarni qadrlaymiz. Biz dadil g‘oyalarni muvaffaqiyatli loyihalarga aylantiradigan SMART CAPEX loyihasini ishga tushirdik. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan 13 ta loyihadan 10 tasi, jumladan, “I va II darajali ekonomik operator” va “Manyovr teplovozi” loyihalari amalga oshirildi.
Shuningdek, biz issiq holda ruxlangan po’lat prokat ishlab chiqarishda kristallar bezagidan yaltiramaydigan yuzaga o’tish vaqtini qisqartirish texnologiyasini o’zlashtirishga muvaffaq bo’ldik, bu esa ichki bozor uchun kristallar bezakga ega ruxlangan po’lat prokatni sotishga putur yetkazmasdan, Yevropa Ittifoqi xaridorlarining yaltiramaydigan ruxlangan po’lat prokatga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
Korxonaning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda korxona Bosh direktori Z.Tuychiev ishlab chiqarish jarayonlarining tezkor samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan taqdimot o’tkazdi hamda novatorlik g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishdagi ishtiroki uchun 34 nafar xodimni maqtov yorliqlari bilan taqdirladi.
Bugun biz TMZ mahsulotlarini saqlash va tashish uchun poddonlar ishlab chiqaradigan “Yog’ochga ishlov berish ustaxonasi”ni ochdik. Biz ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradigan har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyormiz va tez orada har bir xodim o‘z g‘oyasini taqdim etishi va buning uchun mukofot olishi mumkin bo‘lgan “G‘oyalar fabrikasi”ni ishga tushiramiz.