TMZ Tojikiston poytaxtidagi “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida ishtirok etdi va o‘z mahsulotlari – sovuq holda yoyilgan issiq holda ruxlangan va polimer qoplamali po’lat prokatni namoyish etdi.
Ikki respublika prezidentlari koʻrgazmaga tashrif buyurishdiEmomali Rahmonga Oʻzbekiston kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlari va imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida har ikki tomon ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum va seminarlar o‘tkazildi.
Milliy sanoat ko‘rgazmasi Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish va tojik ishbilarmon doiralarini qo‘shni davlatning sanoat salohiyati bilan tanishtirish vositasidir.
Play Video