TMZ sifat sohasida milliy mukofot – “Yilning eng yaxshi mahsuloti” g’olibligini qo’lga kiritdi.

G’alaba bilan tabriklaymiz!
Poytaxtimizda Jahon standartlashtirish kuni munosabati bilan “Barqaror taraqqiyot uchun standartlashtirish: Xalqaro muloqot va innovatsion yechimlar” mavzusi ostida respublikamizda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va raqobatbardoshligini oshirish, standart talablariga rioya etgan holda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor va mutaxassislarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Xodimlar soni 250 dan 1500 gacha bo’lgan 6 ta talabgor korxonalar orasida TMZ sifat sohasida milliy mukofot – “Yilning eng yaxshi mahsuloti” g’olibligini qo’lga kiritdi. Korxonamiz xaridorlar orasida milliy brend sifatidagi yuksak obro‘-e’tibori, eksport salohiyati, mahalliylashtirish ko‘rsatkichi, menejment tizimini joriy etgani, mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro standartlardan foydalanishi, tashkilotda texnik nazorat bo‘limi mavjudligi uchun taqdirlandi.
Bu muhim yutuq, butun jamoaning uyg’unlashgan mehnati natijasi, biz eng yuqori sifat standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishimiz mumkinligini isbotladik. Lekin bu faqat boshlanishi. Biz erishgan muvaffaqiyat bu yerda to’xtash uchun sabab emas, balki keyingi o’sish uchun rag’batdir. Biz o’z oldimizga qo’ygan maqsadlar qanchalik yuqori bo’lsa, biz uchun shunchalik ko’p imkoniyatlar ochiladi.
Yangi g’alabalar sari olg’a!
КОНЕЦ