🏆🥇Bizning hamkasblarimiz nafaqat o’z ishining ustasi, balki haqiqiy sportchilar hamdir!
“O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan “TMZ 2023” sport festivalida zavod xodimlari o‘z oilalari bilan bir vaqtning o‘zida bir nechta sport turlari: futbol, stol tennisi, oilaviy quvnoq startlar bo‘yicha bellashdilar. Yosh shaxmatchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, yuqori darajali o‘yin ko‘rsatdilar.
Bosh direktor Zafar Tuychiev barchani yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, namunali xodimlarimizning ota-onalariga o’z farzandlarini munosib tarbiya berganligi uchun minnatdorchilik bildirdi, o‘z qimmatli tajribalarini yoshlarga o‘rgatib kelayotgan ustozlarga sihat-salomatlik, mehnat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga yangi g‘alabalar tilaklari bilan TMZ kasaba uyushmasidan sovg‘alarni qabul qilib olishdi.
Ishonchimiz komilki, Sport festivali TMZ uchun yaxshi an’anaga aylanadi. Ijobiy his-tuyg’ular boshqalarning zavqini keltiradi, shu tufayli ham qisqa foto hisobotni tomosha qilgan holda o’zingiz bunga amin bo’ling.