Bir qator ommaviy axborot vositalarida “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MChJ (Toshkent metallurgiya zavodi, TMZ, Kompaniya) moliyaviy ahvoli va uning ta’sischilari tarkibidagi o‘zgarishlarga oid nashrlar paydo bo‘lishi munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
– Kompaniya ta’sischilari tarkibidagi o’zgarishlar ishlab chiqarish barqarorligiga va kreditorlar oldidagi majburiyatlarni o’z vaqtida bajarish imkoniyatiga ta’sir qilmaydi.
– TMZ qarzdorligi tijorat faoliyati orqali to’lanadi. Davlat Kompaniyaning majburiyatlari bo’yicha javobgar emas.
– Qurilish va ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun kreditlarni jalb qilish yirik korxonalar uchun odatiy holdir.
– TMZ tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2026 yildan daromadga kirishni rejalashtirmoqda.
Malumot uchun:
2020-yilda ishga tushirilgan Toshkent metallurgiya zavodi O‘zbekistondagi yirik va zamonaviy korxonalardan biridir.
Zavodda import o‘rnini bosuvchi sifatli mahsulotlar – ruxlangan va polimer qoplamali sovuq holda yoyilgan po’lat prokat ishlab chiqariladi.
TMZ mahsulotlari xaridorlari Oʻzbekiston, MDH davlatlari, Osiyo va Yevropadagi qurilish va metall savdosi bilan shug’ullanadigan kompaniyalari hisoblanadi.