Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Manoxin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent metallurgiya zavodiga tashrif buyurdi.
Ishchi uchrashuv sanoat kooperatsiyasi, kadrlar salohiyatini rivojlantirish va ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlik mavzularida bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar metallni qayta ishlashdan tortib, tayyor mahsulot chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayoni bilan ham tanishdi.
Uchrashuv natijasida tomonlar uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni maqsad qilishdi
