2017-yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va xorijiy investor ishtirokida “Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ QK tashkil etildi. Bu zavod O‘zbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biriga aylandi.
Zavod qurilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’mol bozorini qo‘shni va uzoq xorijdagi ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlasha oladigan yuqori sifatli import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ta’minlashdan iborat edi. Bu, o‘z navbatida, qurilish, sanoat va boshqa ishlab chiqarish sohalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘z xarajatlarini va narxlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.