“ECO FEST” 2024

30 aprel kuni TMZ ekologiya muammolari, atrof-muhitning ifloslanishi va kelajak avlod salomatligini mustahkamlash muammolariga befarq bo‘lmagan hamfikrlarni zavod hududida bo‘lib o‘tgan “ECO FEST”ga taklif qildi.
Festival doirasida mehmonlarga “TMZ – yashil korxona” taqdimoti va ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanib, atrof-muhitga ta’sirini kamaytirgan holda ishlab chiqarish jarayoni chiqindisiz amalga oshirilayotgan zavod bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.
TMZ har yili nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshiradi va eksport geografiyasini kengaytiradi, balki atrof-muhitni muhofaza qilish uchun ham sarmoya (5,0 million yevrodan ortiq) kiritadi.
“Yashil Makon” umummilliy loyihasi doirasida korxona hududi va unga tutash hududda 12 500 tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.
Festival mehmonlari xomashyoni qayta ishlash korxonalari mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishib, an’anaviy “Do‘stlik daraxtini ek” aksiyasiga katta mamnuniyat bilan qo‘shilishdi.
“ECO FEST” norasmiy muloqot va fikr almashish maydonchasiga, yangi samarali va barqaror aloqalarni shakllantirish joyiga aylandi va ekologik bilimni va korxonamizda ishlash jozibadorligini oshirdi.
“Yashil” metallurgiya texnologiyalarini rivojlantirish, atrof-muhitga extiyotkorona munosabatda bo‘lish va xodimlarning salomatligi va xavfsizligi to‘g‘risida qayg‘urish Toshkent metallurgiya zavodi uchun ustuvor strategiya bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
TMZ jamoasi barcha tadbir ishtirokchilariga festivalni tashkil etishdagi faol ishtiroki, mazmunli muloqoti uchun samimiy minnatdorchiligini izhor qildi va kelgusida samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi!
КОНЕЦ