Joriy yilning 8-11 noyabr kunlari “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MChJ QK Markaziy Ko’rgazmalar Kompleksi “Ekspomarkazi”da boʻlib oʻtadigan 28-xalqaro “Metall-Ekspo” sanoat koʻrgazmasida ishtirok etadi.
Tadbir doirasida TMZ delegatsiyasi a’zolari turli konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarida ishtirok etib, ulardagi dolzarb kasbiy masalalarni atroflicha muhokama qiladilar, bu “Metall-Ekspo” 2022 ko‘rgazmasi albatta TMZning barqaror rivojlanishi va tashqi savdo strategiyasini tanlashda ijobiy natija beradi.
Ekspert hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoning 35 davlatidan 750 dan ortiq kompaniya o‘z ekspozitsiyalarini namoyish etadi, ularga qurilish sanoati, mashinasozlik, transport va logistika kompaniyalarining 30 mingdan ortiq qora va rangli metallar xaridorlari tashrif buyurashadi.
Shuningdek, qurilish sanoati uchun “MetallStroyForum” metall buyumlar va metall konstruksiyalar ko‘rgazmasi, metallurgiya va metallga ishlov berish uchun “MetallurgMash” asbob-uskunalar va texnologiyalar ko‘rgazmasi, kon-metallurgiya kompleksi korxonalari uchun “MetallTransLogistic” transport va logistika xizmatlari ko‘rgazmasi ham parallel ravishda o’tkaziladi.
“Metall-Ekspo” Rossiyadagi bir nechta ko’rgazma tadbirlaridan biri bo’lib, unda mahsulot sotib olish va sotish bo’yicha qaror qabul qiluvchi metallurgiya kompaniyalarining egalari va yuqori mansabdor shaxslari ishtirok etadilar.
Bo‘lajak tadbir nafaqat mavjud munosabatlarni mustahkamlash, balki amaldagi va potentsial xaridorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni aniqlash maydonchasi bo‘lib xizmat qilishiga hech shubhamiz yo’q. Biz delegatsiyamizga yuklatilgan vazifalarida shijoat, ishlarida muvaffaqiyat, yangi shartnomalar tuzishlarida omadlar tilab qolamiz.