ugun biz taraqqiyot, qoʻllab-quvvatlash va oʻzaro yordamga intilayotgan kuchli professionallar uyushmasi – Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi /Business Women Association Uzbekistan “Tadbirkor ayol” vakillarini va PROFIT WOMAN CLUB ishtirokchilarini TMZda kutib olishdan mamnun bo’ldik!

Bugun biz taraqqiyot, qoʻllab-quvvatlash va oʻzaro yordamga intilayotgan kuchli professionallar uyushmasi – Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi /Business Women Association Uzbekistan “Tadbirkor ayol” vakillarini va PROFIT WOMAN CLUB ishtirokchilarini TMZda kutib olishdan mamnun bo’ldik!
Birgalikda biz korxonamiz bo’ylab qiziqarli ekskursiya o’tkazdik, unda mehmonlar po’lat prokat sifati va ishonchliligi tug’ilishining hayajonli jarayonini o’z ko’zlari bilan ko’rdilar, bizning texnologiyalarimiz va ishlab chiqarish jarayonlarimiz haqidagi bilimlari bilan o’rtoqlashdilar, shuningdek, sanoatni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
TMZda ayollar muhim rol o’ynaydi va mutaxassislardan tortib to rahbarlik lavozimlarigacha turli lavozimlarni egallaydi.
Biz bunday tashkilotlarning jamiyatimizdagi o‘rnini chuqur qadrlaymiz va hurmat qilamiz. Sizlarning qiziqish va faol ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

TMZ bugun metallurglar jamoasiga ko’rk beruvchi barcha ayollarni tabriklagan holda Xalqaro Хotin-qizlar kunini nishonladi!

TMZ bugun metallurglar jamoasiga ko’rk beruvchi barcha ayollarni tabriklagan holda Xalqaro Хotin-qizlar kunini nishonladi!💐
Ayol xodimlarning ko’zlari va tabassumlaridagi porlashni ko’rish, ularning mehnati va Korxona muvaffaqiyatiga qo’shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirish, shuningdek, mehnat jamoasining erkaklari hurmatiga sazovor va betakror ayollarga sovg’alarni taqdim etish qanchalik yoqimli!

“UzBuild 2024”

“UzBuild 2024” ko‘rgazmasi yakunlandi – bu butun qurilish jamoatchiligi uchun muhim voqea.
Mazmunga boy to’rt kun davomida faol ishlar olib borildi: biz doimiy ravishda muloqot qildik, mijozlarni mahsulotlarimiz assortimenti bilan tanishtirdik, yangi prokat namunalari haqida suhbatlashdik, hamkorlik istiqbollarini, so’nggi trendlar va ishlanmalarni muhokama qildik.
🤝 Biz barcha ko’rgazma ishtirokchilariga, mijozlarimizga, hamkasblar va hamkorlarga ularning professionalligi va ishtiroki uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
2025 yilda “UzBuild” ko’rgazmasida ko’rishguncha deb qolamiz!

8 fevral kuni TMZ Rahbarlari bilan Toshkent Shahar Savdo-sanoat palatasi vakillari o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Aloqa va axborot almashinuvi asosiy o‘rin tutadigan zamonaviy dunyoda tashqi va ichki aloqalarni o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular hamkorlikni rivojlantirish, yo‘lga qo‘yish, muhim muammolarni hal etish va Korxona nufuzini mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.
8 fevral kuni TMZ Rahbarlari bilan Toshkent Shahar Savdo-sanoat palatasi vakillari o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Zavod bo‘ylab ekskursiyadan so‘ng tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari va tomonlarning o‘zaro hamkorligi istiqbollarini muhokama qildilar.

TMZdan yangi yil sovg’alari manzillariga yetib bordi.

TMZdan yangi yil sovg’alari manzillariga yetib bordi.
An’anaga ko’ra, ularni birinchi bo’lib Korxonaning bolalari va xodimlari qabul qilishdi.🎁
“Ezgu Amal” jamg‘armasi tarbiyasidagi bolalar ham e’tibordan chetda qolmadi.
Ular uchun milliy tibbiyot markazida O‘zbekiston davlat yoshlar teatri aktyorlari ishtirokida Yangi yil spektakli tayyorlanib, Qor bobo va Qorqizdan sovg‘alar topshirildi.
“Ziyo nuri” nogironlar jamoat tashkilotining maxsus bolalariga esa Yangi yil arafasida issiq, yumshoq ko‘rpa va turli shirinliklar ulashildi.
Ezgu amallar hech qachon kechiktirilmasligi kerak va Yangi yil arafasida ular ikki baravar dolzarbdir.
Biz o’zimiz mo’jizakor va ezgu amallarni qila olamiz!

8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!

Сегодня, во имя процветания и прогресса страны, выполняя требования Основного Закона нашей страны – Конституции Республики Узбекистан, мы должны вносить свой вклад в сохранение политической, экономической и социальной стабильности нашего общества.

Sifat menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikatini olganimizni faxr bilan e’lon qilmoqchimiz!

Sifat menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikatini olganimizni faxr bilan e’lon qilmoqchimiz!
2023-yil oktabr oyida “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MChJ ISO 90012015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Audit “Rossiya registri – Markaziy Osiyo” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirildi. Ekspertlar uzluksiz liniyalardan listli issiq holda ruxlangan va polimer qoplamali sovuq holda yoyilgan holda ruxlangan prokat ishlab chiqarishni o’rgandilar.
Xalqaro auditorlar korxona rahbariyatining sifat menejmenti tizimini yuqori darajada saqlash, mutaxassislarni chuqur bilimga egaligi, ma’lumoti va tajribasini hisobga olgan holda samarali tanlashga mas’uliyati va ishtiyog’ini qayd etdi. Ekspertlar faoliyat monitoringi tizimi va infratuzilma rivojlanishini ijobiy baholadi.
Korxonaning rivojlanish strategiyasi Korxonaning sifat menejment tizimini doimiy ravishda takomillashtirishni nazarda tutadi. Barqaror rivojlanish va samaradorlikni oshirish, axborot texnologiyalarini joriy etish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Biz sifatni boshqarish tizimimizni doimiy ravishda takomillashtirishni o’z zimmamizga oldik, bu esa mijozlar ehtiyojini qondirish nuqtai nazaridan uzoq muddatli ustunlik beradi.

Metall-Ekspo 2023 Ko’rgazmasi

Rossiyada yilning asosiy metallurgiya tadbiri – Metall-Ekspo 2023 Ko’rgazmasi mijozlar, buyurtmachilar va ishlab chiqarish kompaniyalarini “Ekspomarkaz” markaziy ko’rgazmalar majmuasida birlashtirdi. Metallurgiya va mashinasozlik sanoatining yetakchi korxonalari, metall konstruksiyalar va metall buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z ekspozitsiyalarini namoyish etishdi. Moskvaga turli mamlakatlardan sotuv va xarid qilish bo’limlari boshliqlari, bosh muhandislar va bosh texnologlar, bosh mexaniklar va energetiklar, quyuv ishchilari va ta’mirlash ustalari, logistik va marketing bo’yicha mutaxassislar – juda ko’p sonli turli mutaxassislar tashrif buyurishdi.
Ko‘rgazmaga TMZ delegatsiyasi ham tashrif buyurdi. Rossiya, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Gruziya, Ozarbayjon va boshqa ko’plab mamlakatlar vakillari bilan 4 kunlik mazmunga boy biznes muzokaralari olib borildi. Soha ekspertlari bilan o‘zaro tajriba almashish o‘zining ijobiy natijalarini, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ochib berdi.
📷 O’sha onlarni bo’lishmoqchimiz

“TMZ 2023” sport festivali

🏆🥇Bizning hamkasblarimiz nafaqat o’z ishining ustasi, balki haqiqiy sportchilar hamdir!
“O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan “TMZ 2023” sport festivalida zavod xodimlari o‘z oilalari bilan bir vaqtning o‘zida bir nechta sport turlari: futbol, stol tennisi, oilaviy quvnoq startlar bo‘yicha bellashdilar. Yosh shaxmatchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, yuqori darajali o‘yin ko‘rsatdilar.
Bosh direktor Zafar Tuychiev barchani yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, namunali xodimlarimizning ota-onalariga o’z farzandlarini munosib tarbiya berganligi uchun minnatdorchilik bildirdi, o‘z qimmatli tajribalarini yoshlarga o‘rgatib kelayotgan ustozlarga sihat-salomatlik, mehnat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga yangi g‘alabalar tilaklari bilan TMZ kasaba uyushmasidan sovg‘alarni qabul qilib olishdi.
Ishonchimiz komilki, Sport festivali TMZ uchun yaxshi an’anaga aylanadi. Ijobiy his-tuyg’ular boshqalarning zavqini keltiradi, shu tufayli ham qisqa foto hisobotni tomosha qilgan holda o’zingiz bunga amin bo’ling.