“Bank kartalaridan xavfsiz foydalanish qoidalari”

Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi va tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan TMZ xodimlari bilan “Bank kartalaridan xavfsiz foydalanish qoidalari” mavzusida profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.
Ushbu tadbir “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 2024-yilga mo‘ljallangan Amaliy chora-tadbirlar rejasi ijrosiga muvofiq o‘tkazildi.
“Fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboni boʻlishining oldini olish va fuqarolar oʻrtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda “kibergigiyena”ni rivojlantirish” maqsadida markaz xodimlari tomonidan kiberjinoyatlarning keng tarqalgan turlari haqida maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, bank kartalaridan foydalanishda shaxsiy ma’lumotlar firibgarlarga berilmasligini ta’kidlab, zarur ehtiyot choralarini ko‘rish zarurligi haqida ogohlantirdi.

Bugun TMZ ga Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri o’rinbosari D.V.Volchava boshchiligidagi rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi.

Bugun TMZ ga Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri o’rinbosari D.V.Volchava boshchiligidagi rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi.
Ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishga alohida e’tibor qaratilib, delegatsiya a’zolari Toshkent metallurgiya zavodining yuqori standarti va zamonaviy texnologiyalarini ta’kidlab, bu darajani yuqori baholadilar. Ushbu uchrashuv ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikka yangi sur’at bag’ishlaydi, savdo va iqtisodiyotda o’sish va rivojlanish uchun eshiklarni ochadi🇺🇿

“ECO FEST” 2024

30 aprel kuni TMZ ekologiya muammolari, atrof-muhitning ifloslanishi va kelajak avlod salomatligini mustahkamlash muammolariga befarq bo‘lmagan hamfikrlarni zavod hududida bo‘lib o‘tgan “ECO FEST”ga taklif qildi.
Festival doirasida mehmonlarga “TMZ – yashil korxona” taqdimoti va ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanib, atrof-muhitga ta’sirini kamaytirgan holda ishlab chiqarish jarayoni chiqindisiz amalga oshirilayotgan zavod bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.
TMZ har yili nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshiradi va eksport geografiyasini kengaytiradi, balki atrof-muhitni muhofaza qilish uchun ham sarmoya (5,0 million yevrodan ortiq) kiritadi.
“Yashil Makon” umummilliy loyihasi doirasida korxona hududi va unga tutash hududda 12 500 tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.
Festival mehmonlari xomashyoni qayta ishlash korxonalari mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishib, an’anaviy “Do‘stlik daraxtini ek” aksiyasiga katta mamnuniyat bilan qo‘shilishdi.
“ECO FEST” norasmiy muloqot va fikr almashish maydonchasiga, yangi samarali va barqaror aloqalarni shakllantirish joyiga aylandi va ekologik bilimni va korxonamizda ishlash jozibadorligini oshirdi.
“Yashil” metallurgiya texnologiyalarini rivojlantirish, atrof-muhitga extiyotkorona munosabatda bo‘lish va xodimlarning salomatligi va xavfsizligi to‘g‘risida qayg‘urish Toshkent metallurgiya zavodi uchun ustuvor strategiya bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
TMZ jamoasi barcha tadbir ishtirokchilariga festivalni tashkil etishdagi faol ishtiroki, mazmunli muloqoti uchun samimiy minnatdorchiligini izhor qildi va kelgusida samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi!

Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Manoxin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent metallurgiya zavodiga tashrif buyurdi.

Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Manoxin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent metallurgiya zavodiga tashrif buyurdi.
Ishchi uchrashuv sanoat kooperatsiyasi, kadrlar salohiyatini rivojlantirish va ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlik mavzularida bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar metallni qayta ishlashdan tortib, tayyor mahsulot chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayoni bilan ham tanishdi.
Uchrashuv natijasida tomonlar uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni maqsad qilishdi🤝

Bokuda 🇦🇿 “Markaziy Osiyo va Kavkaz orti metallar bozori – 2024” 4-xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi

Bokuda 🇦🇿 “Markaziy Osiyo va Kavkaz orti metallar bozori – 2024” 4-xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi
TMZ sotuv bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari G‘ayrat Islamov anjuman ishtirokchilariga Markaziy Osiyodagi qoplamali po‘lat bozori va Toshkent metallurgiya zavodining strategik afzalliklari haqida so‘zlab berdi.
Shuningdek, xizmat safari davomida Tbilisi 🇬🇪 shahridagi hamkorlar bilan biznes uchrashuvlari o’tkazildi, unda yangi g’oyalar va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Biz har yili nafaqat hamkorlikni, balki shaxsiy uchrashuvlar va tajriba almashish orqali o’rnatgan ishonchli aloqalarni ham mustahkamlashga intilamiz!

TMZ Tojikiston poytaxtidagi “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

TMZ Tojikiston poytaxtidagi “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida ishtirok etdi va o‘z mahsulotlari – sovuq holda yoyilgan issiq holda ruxlangan va polimer qoplamali po’lat prokatni namoyish etdi.
Ikki respublika prezidentlari koʻrgazmaga tashrif buyurishdi🇺🇿🇹🇯Emomali Rahmonga Oʻzbekiston kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlari va imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida har ikki tomon ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum va seminarlar o‘tkazildi.
Milliy sanoat ko‘rgazmasi Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish va tojik ishbilarmon doiralarini qo‘shni davlatning sanoat salohiyati bilan tanishtirish vositasidir.
Play Video

Bugun Ekologiyaga oid bilimlar kuni

Bugun Ekologiyaga oid bilimlar kuni – tabiatni muhofaza qilishga to’g’risida qayg’urayotgan har bir kishi uchun muhim sana.
Aynan shu sana arafasida poytaxtimizdagi markaziy istirohat bog‘ida ekologik bilimlar bellashuvi – “Eko-zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi, unda talabalar va ekologiya faollari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. TMZ xodimlari faol ishtirok etib, jamoalarning eng yaxshi o‘yinchilariga qimmatbaho sovg‘alar tuhfa qilishdi.
Toshkent metallurgiya zavodi o‘z sohasidagi ekologik toza korxona bo‘lib, yoshlar o’rtasida ekologik madaniyatini oshirish maqsadlarimizdan biridir.

Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Obod va fayzli mahalla- yurt ko’rki” umumxalq aksiyasi yurtimiz aholisini barchamiz uchun farovon kelajak yaratish yo‘lida birlashtirdi.

Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Obod va fayzli mahalla- yurt ko’rki” umumxalq aksiyasi yurtimiz aholisini barchamiz uchun farovon kelajak yaratish yo‘lida birlashtirdi.
Bugungi kunda TMZda Hashar davomida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tez va uyg‘unlashgan tarzda olib borilmoqda.
Biz birgalikda sog’lom va ekologik toza muhitni yaratamiz!
#Навруз
#Экология

Moskvada “Ruxlangan va bo’yalgan prokat: ishlab chiqarish va iste’mol tendensiyalari” 19-xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Moskvada “Ruxlangan va bo’yalgan prokat: ishlab chiqarish va iste’mol tendensiyalari” 19-xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirda TMZ delegatlari konferensiyada faol ishtirok etib, sotuv bo‘limi boshlig‘i Rinat Gabitov ma’ruza bilan so’zga chiqdi va unda yangi turdagi mahsulotlar, imkoniyatlar va korxonani yanada rivojlantirish rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari TMZda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish sohasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari va tushunchalar bilan tanishtirildi.
2023 yilda TMZ ruxlanganva polimer qoplamali 230 ming tonna po’lat prokat ishlab chiqardi. 2024 yil rejasi uchun 250 ming tonna ishlab chiqarish belgilangan.