Metall-Ekspo 2023 Ko’rgazmasi

Rossiyada yilning asosiy metallurgiya tadbiri – Metall-Ekspo 2023 Ko’rgazmasi mijozlar, buyurtmachilar va ishlab chiqarish kompaniyalarini “Ekspomarkaz” markaziy ko’rgazmalar majmuasida birlashtirdi. Metallurgiya va mashinasozlik sanoatining yetakchi korxonalari, metall konstruksiyalar va metall buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z ekspozitsiyalarini namoyish etishdi. Moskvaga turli mamlakatlardan sotuv va xarid qilish bo’limlari boshliqlari, bosh muhandislar va bosh texnologlar, bosh mexaniklar va energetiklar, quyuv ishchilari va ta’mirlash ustalari, logistik va marketing bo’yicha mutaxassislar – juda ko’p sonli turli mutaxassislar tashrif buyurishdi.
Ko‘rgazmaga TMZ delegatsiyasi ham tashrif buyurdi. Rossiya, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Gruziya, Ozarbayjon va boshqa ko’plab mamlakatlar vakillari bilan 4 kunlik mazmunga boy biznes muzokaralari olib borildi. Soha ekspertlari bilan o‘zaro tajriba almashish o‘zining ijobiy natijalarini, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ochib berdi.
📷 O’sha onlarni bo’lishmoqchimiz

“TMZ 2023” sport festivali

🏆🥇Bizning hamkasblarimiz nafaqat o’z ishining ustasi, balki haqiqiy sportchilar hamdir!
“O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan “TMZ 2023” sport festivalida zavod xodimlari o‘z oilalari bilan bir vaqtning o‘zida bir nechta sport turlari: futbol, stol tennisi, oilaviy quvnoq startlar bo‘yicha bellashdilar. Yosh shaxmatchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, yuqori darajali o‘yin ko‘rsatdilar.
Bosh direktor Zafar Tuychiev barchani yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, namunali xodimlarimizning ota-onalariga o’z farzandlarini munosib tarbiya berganligi uchun minnatdorchilik bildirdi, o‘z qimmatli tajribalarini yoshlarga o‘rgatib kelayotgan ustozlarga sihat-salomatlik, mehnat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga yangi g‘alabalar tilaklari bilan TMZ kasaba uyushmasidan sovg‘alarni qabul qilib olishdi.
Ishonchimiz komilki, Sport festivali TMZ uchun yaxshi an’anaga aylanadi. Ijobiy his-tuyg’ular boshqalarning zavqini keltiradi, shu tufayli ham qisqa foto hisobotni tomosha qilgan holda o’zingiz bunga amin bo’ling.

TMZda biz ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga yordam beruvchi novatorlik g‘oyalar va takliflarni qadrlaymiz

TMZda biz ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga yordam beruvchi novatorlik g‘oyalar va takliflarni qadrlaymiz. Biz dadil g‘oyalarni muvaffaqiyatli loyihalarga aylantiradigan SMART CAPEX loyihasini ishga tushirdik. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan 13 ta loyihadan 10 tasi, jumladan, “I va II darajali ekonomik operator” va “Manyovr teplovozi” loyihalari amalga oshirildi.
Shuningdek, biz issiq holda ruxlangan po’lat prokat ishlab chiqarishda kristallar bezagidan yaltiramaydigan yuzaga o’tish vaqtini qisqartirish texnologiyasini o’zlashtirishga muvaffaq bo’ldik, bu esa ichki bozor uchun kristallar bezakga ega ruxlangan po’lat prokatni sotishga putur yetkazmasdan, Yevropa Ittifoqi xaridorlarining yaltiramaydigan ruxlangan po’lat prokatga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
Korxonaning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda korxona Bosh direktori Z.Tuychiev ishlab chiqarish jarayonlarining tezkor samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan taqdimot o’tkazdi hamda novatorlik g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishdagi ishtiroki uchun 34 nafar xodimni maqtov yorliqlari bilan taqdirladi.
Bugun biz TMZ mahsulotlarini saqlash va tashish uchun poddonlar ishlab chiqaradigan “Yog’ochga ishlov berish ustaxonasi”ni ochdik. Biz ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradigan har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyormiz va tez orada har bir xodim o‘z g‘oyasini taqdim etishi va buning uchun mukofot olishi mumkin bo‘lgan “G‘oyalar fabrikasi”ni ishga tushiramiz.

Toshkent Metallurgiya Zavodi bayonoti

Bir qator ommaviy axborot vositalarida “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MChJ (Toshkent metallurgiya zavodi, TMZ, Kompaniya) moliyaviy ahvoli va uning ta’sischilari tarkibidagi o‘zgarishlarga oid nashrlar paydo bo‘lishi munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

– Kompaniya ta’sischilari tarkibidagi o’zgarishlar ishlab chiqarish barqarorligiga va kreditorlar oldidagi majburiyatlarni o’z vaqtida bajarish imkoniyatiga ta’sir qilmaydi.

– TMZ qarzdorligi tijorat faoliyati orqali to’lanadi. Davlat Kompaniyaning majburiyatlari bo’yicha javobgar emas.

– Qurilish va ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun kreditlarni jalb qilish yirik korxonalar uchun odatiy holdir.

– TMZ tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2026 yildan daromadga kirishni rejalashtirmoqda.

 

Malumot uchun:

2020-yilda ishga tushirilgan Toshkent metallurgiya zavodi O‘zbekistondagi yirik va zamonaviy korxonalardan biridir.

Zavodda import o‘rnini bosuvchi sifatli mahsulotlar – ruxlangan va polimer qoplamali sovuq holda yoyilgan po’lat prokat ishlab chiqariladi.

TMZ mahsulotlari xaridorlari Oʻzbekiston, MDH davlatlari, Osiyo va Yevropadagi qurilish va metall savdosi bilan shug’ullanadigan kompaniyalari hisoblanadi.

TMZda Butunjahon qon donorlari kuniga bag’ishlangan “Qon topshir, hayotni asra!”

🩸TMZda Butunjahon qon donorlari kuniga bag’ishlangan “Qon topshir, hayotni asra!” aksiyasi o’tdi.
Respublika qon markazining sayyor brigadasi bilan birgalikda TMZ xodimlari aksiyada faol ishtirok etishdi.
 
Aksiyaning barcha ishtirokchilari o’zlarini yaxshi va tetik his qilishmoqda.
G‘amxo‘r xodimlar tufayli xayrli ish qilishga muvaffaq bo‘ldik.
Va siz bir kun kelib birovning hayotini asrab qolishingiz mumkin. Hozirgi kunda deyarli barchamiz buni uddalay olamiz.

“O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” va “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”

TMZ kasaba uyushmasi o‘zining ulkan oilasini “Anhor Lokomotiv” istirohat bog‘iga yig‘ib, kasb bayrami “O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” va “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni nishonladi.
Z.Tuychiev metallurglarning oilalariga ulkan baxt, quvonch va mehr-muhabbat, barcha bolajonlarga esa a’lo kayfiyat, quvnoq tabassum va beg‘ubor bolalikni tiladi.
Bolalarning “Aladdin” vokal shou guruhi o’zlarining maroqli chiqishlari bilan davrani “qizdirdi” va dillarga shodon kayfiyat baxsh etdi.
Animatorlarning quvnoq chiqishi ota-onalar va bolalar o’rtasida hissiyotlar to’lqinini jo’shqinlantirdi.
Maftunkor muhitda sovun pufagi shoulari, bayramona syurprizlar va jozibador fokuslar bolalarda unutilmas taassurot qoldirdi. Masxarabozlar va turli ertak qahramonlari bilan esdalik uchun yakuniy fotosurat esa bolalar xotirasida uzoq vaqt esda qoladi. Tadbir yakunida, ota-onalar va bolalar istirohat bog’i ko’ngilochar attaksionlariga bepul kirishga musharraf bo’lishdi.
Bolalarni himoya qilish kuni nafaqat qiziqarli bayram va ko’plab totuv oilalar istirohat bog’larda va sershovqin tadbirlarda to’planadigan kun, balki kattalarga jajji bolalarimizning farovonligi va baxti bizga bog’liqligini eslatuvchi yoqimli, sevimli bayramdir.

Bugun TMZ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida (TDTU) “Karyera kuni”da ishtirok etdi.

Bugun TMZ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida (TDTU) “Karyera kuni”da ishtirok etdi.
Korxonamizning HR departamenti vakillari o‘z atrofiga ko‘plab qiziqqon talabalarni to‘plashdi va ular barcha bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va xodimlarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Shuningdek, Karyera kuni arafasida TMZ vakillari Olmaliq shahridagi “MISIS” Milliy tadqiqot texnologik universitetiga tashrif buyurib, taqdimot o‘tkazishdi va talabalarning savollariga javob berishdi.
Bugungi kunda TMZ professional tajribaga ega bo’lish, o’sish va rivojlanish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ijtimoiy paketlar va munosib ish haqi xodimlar uchun eng qulay ish sharoitlarini ta’minlaydi.
Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad Korxona va ta’lim oluvchi yoshlar o‘rtasida samarali hamkorlikni tashkil etishdan iborat. Bizning eshigimiz faol talabalarning yangi avlodlari bilan muloqot qilishga doimo ochiq.

“INNOPROM. Markaziy Osiyo 2023” ko’rgazmasi o’z nihoyasiga yetdi.

“INNOPROM. Markaziy Osiyo 2023” ko’rgazmasi o’z nihoyasiga yetdi.
Bu o’tgan kunlar ajoyib va mazmunga boy bo’ldi! Bu yerda barcha mehmonlar mahsulotlarimiz sifati, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va istiqbolli ishlanmalar bilan batafsil tanishish imkoniyatiga musharraf bo’ldilar.
Muzokaralar mavzusi eksport ta’minoti masalalariga qaratildi va, albatta, yangi hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Biz yana bir bor shunday ulkan va jozibador ko’rgazmada TMZni taqdim eta olish baxtiga muyassar bo’lganimizdan bag’oyat mamnunmiz. Kelgusi yil INNOPROM 2024 ko’rgazmasida ko’rishguncha👋🏻

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)
28 aprel sanasini Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni deb e’lon qildi. TMZ kollektiv jamoasi mehnat kunini keng ko’lamda nishonladi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar o‘rtasida o‘tkazilgan “TMZda muvaffaqiyat va xavfsizlik” intellektual tanlovi Korxonada shikastlanishlar, kasbiy kasalliklarning rivojlanishi va nohush hodisalar sonini kamaytirishga qaratilgan bilimlarni mustahkamlashdi. Mehnat bayramiga bag‘ishlangan bolalar rasmlari ijodiy tanlovi esa TMZ xodimlari farzandlarining iqtidorini yorqin namoyon etdi.
Bugun tantanali ruhda o’tgan tadbirda tanlov g‘oliblari – mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar guvohnoma, Fahriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Korxona rahbariyati ishtirokchilarni bilimlar sinovining a’lo darajadagi natijalari bilan tabriklashdi va shu erishgan muvaffaqiyat bilan cheklanib qolmasliklarini tilashdi. TMZ bolalari ham e’tibordan chetda qolmadi, yosh rassomlar ota-onalari orqali bundan keyin ham ijodiy muvaffaqiyatlar tilagi bilan Maqtov yorliqlar va sovg’alarni qabul qilib olishdi.
Ish joyidagi jarohatlar va nohush hodisalarga qarshi kurashish har bir xodimning vazifasidir. Biz faqatgina birgalikda barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qiladigan va bir-birining sog’lig’i to’g’risida qayg’uradigan ish joylaridagi to’liq qulaylik, yoqimli mehnat muhiti va do’stona kollektiv jamoaga erisha olamiz.