Sifat menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikatini olganimizni faxr bilan e’lon qilmoqchimiz!

Sifat menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikatini olganimizni faxr bilan e’lon qilmoqchimiz!
2023-yil oktabr oyida “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MChJ ISO 90012015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Audit “Rossiya registri – Markaziy Osiyo” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirildi. Ekspertlar uzluksiz liniyalardan listli issiq holda ruxlangan va polimer qoplamali sovuq holda yoyilgan holda ruxlangan prokat ishlab chiqarishni o’rgandilar.
Xalqaro auditorlar korxona rahbariyatining sifat menejmenti tizimini yuqori darajada saqlash, mutaxassislarni chuqur bilimga egaligi, ma’lumoti va tajribasini hisobga olgan holda samarali tanlashga mas’uliyati va ishtiyog’ini qayd etdi. Ekspertlar faoliyat monitoringi tizimi va infratuzilma rivojlanishini ijobiy baholadi.
Korxonaning rivojlanish strategiyasi Korxonaning sifat menejment tizimini doimiy ravishda takomillashtirishni nazarda tutadi. Barqaror rivojlanish va samaradorlikni oshirish, axborot texnologiyalarini joriy etish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Biz sifatni boshqarish tizimimizni doimiy ravishda takomillashtirishni o’z zimmamizga oldik, bu esa mijozlar ehtiyojini qondirish nuqtai nazaridan uzoq muddatli ustunlik beradi.