Tom – uyning eng muhim himoya elementi hisoblanadi, shuning uchun ham u xavfsiz va ishonchli bo’lishi kerak albatta.

Tom – uyning eng muhim himoya elementi hisoblanadi, shuning uchun ham u xavfsiz va ishonchli bo’lishi kerak albatta.
Toshkent metallurgiya zavodi Yangihayot tumani (Binokor mahallasi) 50-uyda istiqomad qiluvchilarga o‘z mahsulotlaridan tayyorlangan profnastilni bepulga berdi. Bu uyning avval yopilgan tomini kuchli shamol uchirib ketgan ekan.
TMZ ekspertlari uyning tomi yopilgan metallni (profnastil) tahlil qilishdi, uning rux qoplama massasi R 60 ega bo’lib qalinligi 0,32 mm ni tashkil etadi. Yupqa metall shamolning shiddatiga dosh bera olmagan va mahkamlagichlardan ajralib ketgan.
TMZ o’z mahsulotlaridan tayyorlangan profnastil sifatiga kafolat beradi, rux qoplamasining kamida R100 massaga ega 0,45 mm qalinlikdagi po’lat tunukalar barcha kerakli xususiyatlarga egadir va bu o’z navbatida yuqori sifatli profillash uchun zarur bo’lgan egiluvchanlik va og’ir ob-havo sharoitlarida shaklning o’zgarishiga qarshi chidamliligini kafolatlaydi. Metall tom yopish vositasini tanlayotganda, xaridor ishlab chiqaruvchini bilishi juda muhimdir. TMZ qurilish materiallari bozorida talabga ega bo’lgan po’lat tom yopish tunukasining xavfsizligini va ko’pga chidamliligini kafolatlaydi.
Yangilik tugadi