TMZ Kimyo Tоshkent xalqaro universiteti bilan Memorandum imzoladi.

TMZ Kimyo Tоshkent xalqaro universiteti bilan Memorandum imzoladi.
Memorandumga ko‘ra, OTM talabalari va bitiruvchilarini keyinchalik ishga joylashtirish imkoniyati bilan amaliyot va tajriba o‘tashga jalb etish, TMZ xodimlari uchun o’qishga kirishga, kechki va sirtqi shakldagi o’qish bo’yicha bo‘limlarga kvotalar va grantlar ajratishga kelishib oldik. Universitetning intellektual resurslaridan, korporativ muammolarni hal qilishda o’qituvchilarning tajribasidan foydalanish imkoniyatini beradi, tadqiqot va boshqa turdagi o’zaro qo’shma faoliyatga zamin yaratadi.
Shuningdek, ular bizga universitet va laboratoriyalar bo‘ylab ekskursiya uyushtirdilar, robototexnika, qurilish va mashinasozlik sohasidagi yutuqlari, talabalarning ilmiy ishlanmalari va tayyor loyihalarini namoyish etishdi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha Korxonaning xodimlar bo‘yicha direktori B.Normatov va oliygoh rektori J.Kudaybergenov kelgusida hamkorlik qilish to‘g‘risida Memorandum imzolashdi.
Yangilik tugadi