Xodimlarni o’qitish va rivojlantirish

Bugun yangi TMZ o‘quv markazining birinchi spikeri sifatida “Centr Bezopasnosti Truda” o’quv markazidan yuk ko’tarish mexanizmlari bo’yicha ishlarni tashkillashtirish va mehnat muhofazasi va texnik xavfsizlik sohasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tajribali o‘qituvchilaridan biri Pardaboyev Erkin Ismatovich bo‘ldi.

Xodimlarni o’qitish va rivojlantirish – uzluksiz malaka oshirishga, kasbiy mahorat, bilim va ko’nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan usul va yondashuvlar majmuidir.
Ishlab chiqarish bazasida individual, brigadaviy, kursli o’qitish davomida korxona xodimlari zarur malaka, bilimlarni egallab, mavjudlarini esa takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

TMZda o‘quv markazining texnik jihatdan jihozlangan sinfining ochilishi nafaqat o‘quv jarayonini samarali, reja asosida va tizimli olib borish, balki yuqori kadrlar salohiyatini saqlab qolish imkonini ham beradi.

 

Yangilik tugadi