“Toshkent Metallurgiya Zavodi” MChJ QK (TMZ) Oʻzbekiston Respublikasi hududida va MDH davlatlarida metallurgiya sohasidagi eng zamonaviy va eng ekologik toza korxonalardan biri hisoblanadi.

“TMZ” MChJ QKning tabiatni muhofaza qiluvchi faoliyati barcha huquq beruvchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. “TMZ” MChJ QK sharoitida sovuq holda yoyilgan prokat list mahsulotlar ishlab chiqarish sof mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini va atrof-muhitga minimal ta’sirni o‘zida mujassam etgan.

Zavod tsexlarida o’rnatilgan barcha chang hosil qiluvchi agregatlar zamonaviy gaz tozalash tizimiga ulangan. Metallurgiya agregatlarini sovutish uchun zamonaviy yopiq suv ta’minoti tizimi ishlab chiqilgan bo’lib, unda hech qanday ortiqcha suvni chiqarish yo’q. Atmosfera havosini nazorat qilish maqsadida “TMZ” MChJ QKda, Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Atmosfera havosiga chiqindi manbalarini monitoring qilish bo’limi laboratoriyasida har uch oyda korxona (zavod) chiqindi parametrlarining haqiqiy qiymatlarini aniqlash uchun sanoat chiqindilari manbalaridan olingan namunalar tahlili o’tkazilmoqda. 2021-yilning 1-yarim yilligi yakunlari tahlili shuni ko’rsatadiki, kompaniya atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini moliyalashtirishning asosiy yo'nalishlari:

  • Atmosfera havosini himoya qilish;
  • Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish;
  • Ishlab chiqarish chiqindilarini zararsizlantirish va utilizatsiya qilish;
  • Tuproqlarni muhofaza qilish, tiklash va hududni obodonlashtirish;
  • Atrof-muhitni boshqarishning boshqa choralari.

Korxonamiz O’zbekiston Respublikasi Hukumatining import qilinadigan tovarlarni o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning sifatli va ekologik toza mahsulotlari bilan almashtirish bo‘yicha ko‘zlagan vazifalariga javob beradi.