“O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” va “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”

TMZ kasaba uyushmasi o‘zining ulkan oilasini “Anhor Lokomotiv” istirohat bog‘iga yig‘ib, kasb bayrami “O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” va “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni nishonladi.
Z.Tuychiev metallurglarning oilalariga ulkan baxt, quvonch va mehr-muhabbat, barcha bolajonlarga esa a’lo kayfiyat, quvnoq tabassum va beg‘ubor bolalikni tiladi.
Bolalarning “Aladdin” vokal shou guruhi o’zlarining maroqli chiqishlari bilan davrani “qizdirdi” va dillarga shodon kayfiyat baxsh etdi.
Animatorlarning quvnoq chiqishi ota-onalar va bolalar o’rtasida hissiyotlar to’lqinini jo’shqinlantirdi.
Maftunkor muhitda sovun pufagi shoulari, bayramona syurprizlar va jozibador fokuslar bolalarda unutilmas taassurot qoldirdi. Masxarabozlar va turli ertak qahramonlari bilan esdalik uchun yakuniy fotosurat esa bolalar xotirasida uzoq vaqt esda qoladi. Tadbir yakunida, ota-onalar va bolalar istirohat bog’i ko’ngilochar attaksionlariga bepul kirishga musharraf bo’lishdi.
Bolalarni himoya qilish kuni nafaqat qiziqarli bayram va ko’plab totuv oilalar istirohat bog’larda va sershovqin tadbirlarda to’planadigan kun, balki kattalarga jajji bolalarimizning farovonligi va baxti bizga bog’liqligini eslatuvchi yoqimli, sevimli bayramdir.
Yangilik tugadi