TMZ turtkich tipdagi kimyoviy ishlov berish agregati uchastkasida yangi rekord o’rnatildi.

TMZ turtkich tipdagi kimyoviy ishlov berish agregati uchastkasida yangi rekord o’rnatildi.
 12.04.2023 sanasi kuni 4-sonli brigada (F.I.Sh.) o’rtacha sutkalik rejalashtirilgan me’yorda 600,0 tonnani va o’rtacha smenali ishlab chiqarishda 740 tonnani tashkil etadigan me’yorda 996 tonna kimyoviy ishlov berilgan metall ishlab chiqardi.
Bir necha kun o’tib 17.04.2023 sanasida Sh.A.Xolmurodov smena ustasi boshchiligidagi 1-sonli brigada bu rekordni yangiladi va yangisini o’rnatdi, u smenada 1005,8 tonna kimyoviy ishlov berilgan metall ishlab chiqardi.
Turtkich tipdagi kimyoviy ishlov berish agregati uchastkasining katta ustasi B.A. Oqilovning 4-sonli va 1-sonli brigadalarini  ishdagi yuksak ko‘rsatkichlari bilan tabriklaymiz va ezgu maqsad sari yo’lda omadlar, g’oya va rejalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar, xonadonlariga fayzu-baraka va oilaviy baxt tilab qolamiz!
Ishonchimiz komilki, bu rekordlar korxonaning barcha xodimlari uchun yorqin namuna bo’lib, YANGI yutuqlarga poydevor qo’yadi!
Doim muvaffaqiyat sari intilish, erishgan yutuqlarimiz bilan to’xtab qolmaslik, oldimizga ulkan maqsadlar qo‘yish va faqat yangi rekordlar tomon harakatlanish – bugungi kundagi bizning asosiy maqsadimizdir!
Yangilik tugadi