Bizning stendimizga tashrif buyurishga taklif qilamiz

Do‘stlar, 28 fevraldan 3 martga qadar Toshkent Metallurgiya Zavodi “Qurilish – UzBuild2023” 24-Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi.

MDHdagi eng zamonaviy va texnologik jihatdan ilg‘or metallurgiya korxonalaridan biri bo‘lib, issiq holda ruxlangan va polimer qoplamali sovuq holda yoyilgan po‘lat prokat ishlab chiqaradigan korxona e’tiboringizga hozirgi kundagi eng zarur mahsulotlar va yangi ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha axborot materiallarini taqdim etadi.

Tashrif buyuruvchilar TMZning texnik va tijorat mutahassislari bilan muloqot qilish, maslahat olish va mahsulotga buyurtma berish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, stendga tashrif buyuruvchilarni esdalik sovg‘alari va mazali noz-ne’matlar kutib turibdi.

📍O’zekspomarkazda ko’rishguncha, 4-sonli pavilyon, stend (K126): Toshkent sh., Amir Temur ko’ch, 107.

Yangilik tugadi